date

Yuriy Syomin: Jahon chempionati zavqli bo'ladi


Sobiq Moskva "Lokomotiv"i va Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Syomin Jahon chempionati qur'asi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ushbu tadbir 5-dekabr kuni bo'lib o'tdi.

"Ishonchim komil, turnir juda katta zavq bag'ishlaydi. Shu bilan birga, bunday katta miqdordagi jamoalar ishtirokida turnir qanday ko'rinishga ega bo'lishini aytish qiyin.

Hozircha ishtirokchilar soni juda katta bo'lib tuyulmoqda", – dedi Syomin "Sovetskiy sport" nashriga bergan intervyusida. Shuningdek, Syomin yirik musobaqalarda o'yinlar va jamoalar sonining oshirilishi futbol rasmiylarining ko'proq daromad olish istagi bilan bog'liq bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

48 ta terma jamoa ishtirok etadigan Jahon chempionati 2026-yilda Meksika, AQSh va Kanadada 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi. Musobaqa doirasida jamoalar 12 ta guruhga bo'linadi, har bir guruhda 4 tadan jamoa bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuriy Syomin: Jahon chempionati zavqli bo'ladi