date

Yuriy Syomin: Jon deb O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarardim

Yuriy Syomin: Jon deb O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarardim

Rossiya futboli olamining afsonaviy namoyandasi, Moskvaning “Lokomotiv” klubini uch bora mamlakat chempionligiga yetaklagan Yuriy Syomin 2026 yilgi jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari va kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. Tajribali mutaxassis «Sport Ekspress» nashriga bergan intervyusida o‘zbek futboliga bo‘lgan mehri va yuksak ishonchini yashirib ўтирмади. Zamin.uz ushbu qiziqarli muloqotning eng muhim nuqtalarini taqdim etadi.

Mundial favoritlari va tungi uyqusizlik

Yuriy Syomin bo‘lajak jahon chempionatini diqqat bilan kuzatib borishini taʼkidladi. U 1994 yilgi AQSH mundiallaridagi masofalar bilan bog‘liq qiyinchiliklarni eslab o‘tib, agar turnirga bormasa, barcha muhim bahslarni televizor orqali ko‘rishini aytdi. «Nima ham qilardik, vaqtincha tunni kunga almashtiramiz!» — deydi mutaxassis. Uning fikricha, oltin medallar uchun asosiy daʼvogarlar — Ispaniya va Argentina terma jamoalaridir. Murabbiy shaxsan Lionel Messiga bo‘lgan hurmati sabab argentinaliklarga muxlislik qilishini bildirdi.

O‘zbekiston — Syominning diqqat markazida

Tajribali murabbiy mundialda O‘zbekiston terma jamoasiga chin dildan zafar tilashini alohida qayd etdi. Uning fikricha, «Oq bo‘rilar»ning jahon chempionatida debyut qilishi tarixiy voqea va guruhdan chiqish ular uchun haqiqiy yutuq bo‘ladi.

«Buning uchun Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»da qanday o‘ynayotganiga qarashning o‘zi kifoya», — deya taʼkidladi Syomin o‘zbek futbolchilarining salohiyatiga yuqori baho berib.

«Nega yo‘q deyishim kerak? Rozi bo‘lardim!»

Intervyuning eng hayajonli qismi Yuriy Syominga berilgan kutilmagan savol bilan bog‘liq bo‘ldi. Agar O‘zbekiston terma jamoasi mundial oldidan Fabio Kannavaro o‘rniga uni chorlaganida, murabbiy bu chaqiriqni mamnuniyat bilan qabul qilishini aytdi. Bunday tajribali mutaxassisning tayyorligi o‘zbek futboliga bo‘lgan hurmatning yana bir ifodasidir.

“K” guruhi: Qiyin, ammo iloji bor vazifa

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor ishtirok etayotgan musobaqada Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan bir kvartetdan joy olgan. Guruhdagi raqiblarning barchasi jahon chempionatlarida boy tajribaga ega bo‘lsa-da, Syominning fikricha, o‘zbek futbolchilari bu to‘siqni yengib o‘tishga qodir.

Aziz muxlislar, sizningcha, Yuriy Syomin kabi tajribali murabbiy jahon chempionatida terma jamoamizga yordam bera olarmidi? “K” guruhidan chiqish imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuriy Syomin: Jon deb O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarardim