date

Fabregas: Interdan o'rganishda davom etaman


Komoning bosh murabbiyi Sesk Fabregas Milaning Inter jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'yindagi 0:4 hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi jamoa shanba kuni San-Siro stadionida Inter tomonidan yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

Ushbu mag'lubiyat sababli Komo turnir jadvalida yuqori o'rinlarga yaqinlashish imkoniyatini qo'ldan boy berdi. Fabregas o'yindan keyin DAZN telekanaliga bergan intervyusida, «Men seshanba kuni yana San-Siro stadioniga kelaman va chempionlar ligasi doirasidagi Inter hamda Liverpul o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilaman.

Interning o'yinini kuzatib, ulardan o'rganishda davom etaman», – deya ta'kidladi 38 yoshli murabbiy. Ma'lumki, mavsum boshlanishidan oldin Fabregasning o'zi Inter jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin edi, ammo uning klubi bunga ruxsat bermadi.

Natijada ushbu lavozimga Kristian Kivu tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fabregas: Interdan o'rganishda davom etaman