Pochettino: AQSh terma jamoasi raqobatbardosh bo'ladi

AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kelasi yil yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu ajoyib bo‘ladi. Bu AQSH uchun futbolni yuqori darajada namoyish qilish imkoniyati. Biz raqobatbardosh va g‘alabaga intiluvchi jamoa tuzishdan mamnunmiz", – deydi mutaxassis BBC bilan suhbatda.
AQSH terma jamoasi guruh bosqichida Paragvay va Avstraliya jamoalari bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, ularning raqibi Yevropa pley-off yo‘lidan chiqqan jamoa (Turkiya, Ruminiya, Slovakiya yoki Kosovo) bo‘ladi.
Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing