date

"Liverpul"da inqiroz: Slot o‘rniga Jerrard qaytishi mumkin

"Liverpul"da inqiroz: Slot o‘rniga Jerrard qaytishi mumkin

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida amaldagi chempion “Liverpul” muxlislarini tashvishga solgan yana bir natijani qayd etdi. “Lids”ga qarshi bellashuvda Slot shogirdlari ikki bor hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa-da, g‘alabani saqlab qolishning iloji bo‘lmadi — uchrashuv so‘nggi daqiqalarda 3:3 hisobida yakunlandi.

Ushbu durang jamoa atrofidagi ijobiy kayfiyatni jiddiy silkitdi. Muhim o‘yinlarda ochko yo‘qotish ommaviy tanqidlarga sabab bo‘lar ekan, eng og‘iri — jamoaning yetakchilaridan biri Muhammad Salohning zaxirada qoldirilgani ortidan Arne Slot bilan munosabatlari yomonlashgani haqidagi ma’lumotlarning tarqalishidir.

Aynan shunday vaziyat klub rahbariyatini keskin qaror qabul qilish ostonasiga olib keldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Arne Slot iste’foga chiqarilishi mumkin. Uning o‘rniga esa jamoa tarixida o‘chmas iz qoldirgan afsona — Stiven Jerrardning tayinlanishi ehtimoli yuqori.

Jerrard yanvar oyida “Al-Ittifoq”ni tark etganidan buyon ishsiz yuribdi va “Liverpul”ga qaytish varianti uning o‘zi uchun ham, klub uchun ham katta motivatsiya hisoblanadi.

Shuningdek, yana bir ehtimoliy nomzod sifatida yaqingacha “Ayaks”ni boshqargan Jon Xeytinga nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu esa “Liverpul”da yaqin vaqt ichida jiddiy qayta qurish ishlari boshlanishidan darak beradi.

Jamoa APLdagi mavqeini saqlab qolishi va chempionlik uchun kurashda ortga chekinmasligi uchun quvonchli o‘zgarishlar zarur bo‘lib qoldi. Shu bois “Enfild”dagi kunlar yanada qizg‘in o‘tishiga o‘xshaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Liverpul"da inqiroz: Slot o‘rniga Jerrard qaytishi mumkin