
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Andijon” futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan uchrashuvda jamoa oldiga qo‘yilgan yangi maqsad va vazifalarni ochiq bildirdi. Viloyat rahbariga ko‘ra, jamoa Superligada endi yuqori pog‘onalar uchun kurashishi shart.
Abdurahmonovning ta’kidlashicha, 2026-yilni Andijonda haqiqiy “futbol yili”ga aylantirish niyati bor. Buning uchun jamoa kamida sovrindorlar qatoridan joy olishi — aniqrog‘i, kamida uchinchi o‘rinni egallashi talab etiladi. Agar imkoniyatdan to‘la foydalanilsa, chempionlikka intiluv ham qo‘shimcha vazifa sifatida qo‘yilgan.
“Xudo xohlasa, birgalashib 2026-yilni Andijon uchun futbol bayramiga aylantiramiz. Samvel Babayanga kamida uchinchi o‘rinni vazifa qilib qo‘ydim, agar shundan ham yaxshi chiqsa – chempionlikka nega intilib bo‘lmasin? Kerakli yordam bo‘lsa, men doim tayyorman”, — dedi hokim.
Ushbu bayonot jamoa muxlislarida katta umid uyg‘otdi. Babayan boshchiligidagi jamoa yangi mavsumda tarkibni kuchaytirmoqda va o‘yin uslubida barqarorlik paydo bo‘lishiga intilmoqda. Yangi mavsumda esa maqsadlar yanada ulkan — raqobat kuchli bo‘ladi, ammo "Andijon"ning ambitsiyasi ham kam emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.