
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah jamoadagi vaziyatidan norozi ekanini bildirib, klubni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Misrlik futbolchi so‘nggi uch o‘yinda zaxira o‘rindig‘idan joy olgan, ulardan ikki uchrashuvda esa maydonga tushmagan.
"Ketma-ket uchinchi marta zaxirada qoldim, bu mening faoliyatimda ilk bor bo‘lyapti. Jamoada meni aybdor qilishmoqchi, shekilli.
Men o‘zimni shunday his qilyapman", - deydi Salah Sky Sports bilan suhbatda. Shuningdek, u “Brayton”ga qarshi o‘yin “Liverpul”dagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmadi.
Shundan so‘ng, Salah Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish uchun Misr terma jamoasiga qo‘shiladi va ehtimol, Angliyaga qaytmasligi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.