date

Rossiyalik taniqli mutaxassis: O‘zbekiston guruhda "syurpriz bo‘lishi" mumkin

Rossiyalik taniqli mutaxassis: O‘zbekiston guruhda "syurpriz bo‘lishi" mumkin

2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida o‘tadigan navbatdagi Jahon chempionati uchun qur’a tashlandi va 48 ta terma jamoa rasman guruhlarga ajratildi. O‘zbekiston terma jamoasi uchun esa ushbu qur’a jiddiy sinovlarni taqdim etdi — jamoamiz Krishtianu Ronaldu boshchilik qilayotgan Portugaliya hamda Xames Rodriges yetakchilik qiladigan Kolumbiya bilan bir guruhga tushdi.

“K” guruhining to‘rtinchi ishtirokchisi esa pley-offdan chiqayotgan Kongo Demokratik Respublikasi, Yangi Kaledoniya yoki Yamaykadan biri bo‘lishi kutilmoqda. Mundialga nisbatan qiziqish kun sayin ortayotgan bir paytda, futbol tahlilchilari va mutaxassislar ham har bir guruhning vaziyatini o‘rganib, baholamoqda.

Shu munosabat bilan 2006 yili “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligini amalga oshirgan rossiyalik taniqli mutaxassis Valeriy Nepomnyashiy ham o‘z fikrlarini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, o‘yinchilarimiz kuchli raqiblarga qaramay, guruhda syurpriz bo‘lish imkoniyatiga ega:

— Ochig‘i, O‘zbekiston o‘z guruhida favorit emas. Biroq yo‘qotadigan narsasi yo‘q jamoalar doim erkin, bosimsiz va ishonch bilan o‘ynaydi. O‘zbekiston termasi ham o‘zini allaqachon namoyon qilgan. Shuning uchun ulardan har qanday kutilmagan natija ham chiqishi mumkin. Menimcha, to‘rtinchi raqib qaysi mamlakat bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda uni yengish uchun yetarli imkoniyat bor, — deya ta’kidladi mutaxassis.

Ma’lumki, bu safar terma jamoamizni mundialga tayyorlayotgan murabbiy — futbolchillik davrida Jahon chempionati sovrindori va “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan italiyalik Fabio Kannavaro. Uning o‘zi ham jamoani mahorat, jismoniy tayyorgarlik va taktik jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish ustida ishlayapti.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi ilk jahon chempionatidagi debyut o‘yin 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu bellashuv guruhdagi eng muhim uchrashuvlardan biri sifatida ko‘rilayapti.

Shuningdek, jamoamiz 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin ham katta qiziqish uyg‘otishi turgan gap — chunki Ronaldu boshchiligidagi tarkibga qarshi o‘ynash har bir futbolchining orzusi.

Guruh bosqichidagi so‘nggi bahs esa 27 iyunda pley-offdan o‘tgan jamoaga qarshi o‘tkaziladi.

Umuman olganda, O‘zbekiston oldida jiddiy sinovlar turibdi, biroq ambitsiya, ishtiyoq va kuchli tayyorgarlik bilan jamoamiz tarixiy syurprizni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik taniqli mutaxassis: O‘zbekiston guruhda "syurpriz bo‘lishi" mumkin