Lamin Yamalning otasi tribunani tark etdi


“Barselona” yulduzi Lamin Yamalning otasi Munir Nasrauining “Betis”ga qarshi uchrashuvni oxirigacha tomosha qilishiga toʻsqinlik qilindi. Oʻyinda “koʻk-anorranglilar” Seviliyada 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.
18 yoshli vinger 59-daqiqada penaltidan gol urdi. Ammo 70-daqiqaga kelib, Munir Nasraui gʻalabani haddan tashqari joʻshqin nishonlagani uchun atrofdagi muxlislarning noroziligiga sabab boʻldi.
Natijada xavfsizlik xodimlari aralashib, uni tribunadan chiqib ketishni soʻrashdi. Oʻyinning soʻnggi daqiqalarida Xans-Diter Flik shogirdlari ikkita gol oʻtkazib yubordi, ammo shunga qaramay uch ochko qoʻlga kiritishdi.
Lamin Yamal bu uchrashuvda oʻziga odatiy boʻlmagan hujum ortidagi markaziy pozitsiyada oʻynadi.





























Izohlar 0
…