date

Shlotterbek Real yoki Bavariyaga o'tishni xohlamoqda

Shlotterbek Real yoki Bavariyaga o'tishni xohlamoqda
Borussiya Dortmund himoyachisi Niko Shlotterbek kelasi yili jamoani tark etishi va nufuzliroq klubga o'tishi kutilmoqda. Allaqachon turli jamoalar bilan bog'liq mish-mishlar paydo bo'lgan.

Transfer News Live nemis Sky manbasiga asoslanib xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi Real Madrid yoki Bavariya klublariga o'tish variantlariga qiziqish bildirmoqda. Hozirda uning agentlari katta klublarni o'rganib, Shlotterbekni sotib olishga tayyor jamoalarni aniqlashmoqda.

Niko Shlotterbek Borussiya Dortmund safida 138 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shlotterbek Real yoki Bavariyaga o'tishni xohlamoqda