date

Tottenhem futbolchisi Bissuma jazoga tortilishi mumkin


Tottenhem klubi yarim himoyachisi Iv Bissuma futbol maydonidan tashqaridagi voqealar tufayli yana omma eʼtiboriga tushdi. The Sun xabariga koʻra, futbolchi noyabr oyida oʻtkazilgan ziyofatda "kuldiruvchi gaz" (azot oksidi) isteʼmol qilgani aks etgan video internetda tarqalgan.

Ushbu gazni qoʻllash depressiya, xotira yoʻqotish va boshqa sogʻliq muammolariga olib kelishi mumkin. Klub ushbu holat boʻyicha surishtiruvni boshladi.

29 yoshli malilik futbolchi ushbu mavsumda biror oʻyin oʻtkazmagan va oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaridan klub haqidagi barcha maʼlumotlarni oʻchirib tashlagan. Bu esa muxlislar orasida turli mish-mishlarning tarqalishiga sabab boʻlmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yozda ham Bissuma shunga oʻxshash hodisa bilan bogʻliq boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem futbolchisi Bissuma jazoga tortilishi mumkin