Maynts yangi bosh murabbiyini e'lon qildi

Maynts jamoasi hafta oxirida yangi bosh murabbiyni rasman e'lon qildi. Endilikda jamoani 59 yoshli shveytsariyalik mutaxassis Urs Fisher boshqaradi.
U klub bilan 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan. O'tgan hafta Maynts Bo Henriksen bilan hamkorlikni yakunlagandi.
Shundan so'ng jamoa o'z maydonida Borussiya Myonxengladbaxga minimal 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Hozirda Maynts Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.
Jamoa o'tgan 13 turda bor-yo'g'i 6 ochko to'play oldi. Mayntsning navbatdagi o'yini 11 dekabr kuni Konferensiyalar ligasi doirasida safarda Lech klubiga qarshi bo'lib o'tadi.

Izohlar 0
…