
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente yaqinlashib kelayotgan muhim bellashuvlar va 2026 yilgi jahon chempionati haqida atroflicha fikr bildirib, muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uning aytishicha, mart oyida futbol olami yana bir o‘ta nufuzli musobaqaga — Finalissimani tomosha qilishi ehtimoli yuqori.
Murabbiyning ta’kidlashicha, rejaga ko‘ra Ispaniya mart oyida Argentina bilan ro‘baro‘ kelishni kutayapti. Lekin barcha shartlar kutilgandek kechmasa, ikki jamoaning yo‘llari mundial davomida ham to‘qnash kelishi mumkin. Bu esa jahon chempionatiga yanada intriga va kuchli raqobat ruhini olib kiradi.
De la Fuente ortiqcha ehtirosga berilmay, hozirgi maqsadlarini aniq ifoda qildi:
«Guruh bosqichidan keyingi bosqich haqida hozirdan bosh qotirmayman. Ayni paytda butun e’tiborim Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvayning o‘yin uslubini puxta o‘rganishga qaratilgan. Avvalo, shu raqiblarni chuqur tahlil qilishimiz shart», — deya ta’kidladi u.
Shu bilan birga, Finalissima o‘tkazilishi kutilgan manzil ham allaqachon ma’lum: uchrashuv 2026-yilning 27-mart kuni Qatardagi «Lusayl» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu ayni paytda jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan majmuaning yana bir nufuzli musobaqaga guvoh bo‘lishini anglatadi.
Ispaniya termasi oldidagi vazifalar jiddiy, raqiblar esa kuchli. Ammo de la Fuente shogirdlarining tayyorgarligiga ishonadi va qadamma-qadam olg‘a intilmoqda. Martdagi ehtimoliy Ispaniya–Argentina uchrashuvi esa futbol olamini yana bir bor qattiq qiziqishiga sabab bo‘lishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.