
Kremoneze va Lechche jamoalari Italiya chempionati 14-turida murosasiz bahs olib bordi. Oʻyin boshida Nikola Shtulich qulay imkoniyatda gol ura olmadi, shuningdek, Lechche hujumchisi Lamek Banda ham qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Yari Vandeputte jarima maydonida yiqildi va hakam penalti belgiladi. Federiko Bonatsoli zarbasini darvozabon deyarli qaytarishga yaqin edi, ammo toʻp darvozaga kirib, hisob 1:0 boʻldi.
78-daqiqada Alessio Dzzerbinaning uzatmasidan so‘ng Antonio Sanabriya bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi va hisob 2:0 koʻrinishini oldi. Natijada, Kremoneze jamoasi ikkinchi marta ketma-ket gʻalaba qozonib, turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinni egalladi.
Lechche esa hozircha 14-oʻrinda qolmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.