
Italiya A Seriyasining 14-turida "Roma" jamoasi safarda "Kalyari"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida "Roma" himoyachisi Evan N'Dika oʻz maydonida muvozanatini yoʻqotib, toʻpni raqib hujumchisi Jennaro Borrelliga topshirdi.
Borrelli chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, zarba berishga harakat qildi, ammo vaqtni boy berdi. Sebastyano Esposito esa oʻng qanotdan aniq zarba yoʻlladi, biroq "Roma" darvozaboni toʻpni qaytarishga muvaffaq boʻldi.
52-daqiqada Zeki Chilik Maykl Folorunshoga nisbatan oxirgi umid qoidabuzarligini sodir etgani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. VАR tizimi esa jarima zarbasini bekor qildi, chunki qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida sodir boʻlgan edi.
Oʻyinning 82-daqiqasida "Kalyari" burchak toʻpini amalga oshirdi. Esposito uzoq masofaga aniq uzatma berdi, Janluka Gaetano esa zarba yoʻllab, toʻpni darvozaning uzoq burchagiga joyladi.
Toʻp ustunga tegib, darvoza chizigʻidan oʻtdi va hisob 1:0 boʻldi. Mazkur magʻlubiyat "Roma" uchun mavsumdagi beshinchi boʻldi va ular toʻrtinchi oʻrinda qoldi.
"Kalyari" esa 13-pogʻonani boʻlishib turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.