JCh-2018 musobaqasini ko‘rish uchun Rossiyaga 3 mln ishqiboz keladi

JCh-2018 musobaqasini ko‘rish uchun Rossiyaga 3 mln ishqiboz keladi
JCh-2018 musobaqasini ko‘rish uchun Rossiyaga 3 mln ishqiboz keladi

Rossiya Hukumati bosh vazirining o‘rinbosari Vitaliy Mutko Konfederatsiyalar kubogi-2017 va Jahon chempionati-2018 musobaqalariga kelishi mumkin bo‘lgan muxlislar soni haqida gapirib o‘tdi.

"Biz Konfederatsiyalar kubogiga 700 mingta va JCh-2018 musobaqasiga 3 million sayyoh-ishqiboz kelishini kutyapmiz", - deydi Mutko.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 17 iyunidan 2 iyuligacha Rossiya davlatida Konfederatsiyalar kubogi bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionati esa, 2018 yilning 15 iyun - 15 iyul sanalarida bo‘ladi.

Manba: www.fut.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar