date

Abel Agilar: O‘zbekistonni kamsitgan jamoa qattiq pushaymon bo‘ladi (video)

Abel Agilar: O‘zbekistonni kamsitgan jamoa qattiq pushaymon bo‘ladi (video)

Kolumbiya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi, 2014 va 2018 yilgi jahon chempionatlari qatnashchisi Abel Agilar o‘z tajribasiga tayanib, guruhdagi raqiblarni haddan tashqari yengil qabul qilish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini alohida ta’kidladi.

Agilarning fikricha, Portugaliyaga qarshi bahsga butun e’tiborni qaratish — strategik xato. Chunki guruhda birinchi marta mundialga kelayotgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston terma jamoasi hech kim kutmagan darajada jiddiy kuchga aylanishi ehtimoli katta.

«Faqat Portugaliya bilan ovora bo‘lib qolmaslik kerak. O‘zbekiston ham raqib, ham juda xavfli jamoa. Ko‘pchilik "oson raqib" deb o‘ylaydi, lekin aynan shunday jamoalar sizni eng qiyin vaziyatga solib qo‘yishi mumkin», — dedi u.

Sobiq futbolchining ta’kidlashicha, o‘zi o‘ynagan yillar tajribasi bir narsani o‘rgatgan: raqibga kam baho berish — mag‘lubiyatga eng qisqa yo‘l.

Agilarning bu fikrlari Kolumbiya jamoasini jiddiy tayyorgarlikka chaqirish bilan birga, O‘zbekistonning hozirgi avlodiga nisbatan katta hurmatni ham ifodalaydi. Mundialdagi debyutga tayyorlanayotgan o‘zbek yigitlari esa aynan shunday ko‘tarinki baholardan quvvat olayotganiga shubha yo‘q.

O‘xshash holatlarni ko‘p ko‘rgan Agilarning ta’kidicha, har qanday “oson” deb baholangan raqib ko‘pincha maydonda kutilmagan “syurpriz”ga aylanadi. Shu bois Kolumbiya terma jamoasi barcha raqiblarini bir xil jiddiyat bilan qabul qilishi kerak.

Aks holda, mundialda har bir xato javobsiz qolmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abel Agilar: O‘zbekistonni kamsitgan jamoa qattiq pushaymon bo‘ladi (video)