
Madridning "Real" jamoasi markaziy himoyachisi Eder Militao uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin. 27 yoshli futbolchi La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limidayoq almashtirilgan edi.
Jurnalist Serxio Kirante xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi tizza osti paychasidan jarohat olgan. Ushbu jarohat jiddiy bo‘lishi mumkinligi sababli klubda futbolchining holatidan xavotir bildirilmoqda.
To‘liq tibbiy ko‘rik dushanba kuniga rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, Eder Militao mavsum oldidan tizza oldingi chatishtiruvchi paychasining uzilishi sababli tiklanish jarayonini yakunlagan edi.
Joriy mavsumda himoyachi "Real" safida barcha musobaqalarda 16 o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urgan va bir marta golli uzatma amalga oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.