Militao va Guler mavsum oxirigacha safdan chiqdi

"Real Madrid" himoyachisi Eder Militao va yarim himoyachi Arda Guler jarohat sababli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Tibbiy ko'riklarga ko'ra, har ikki futbolchining son mushaklarida jiddiy yirtilish aniqlangan va ularning tiklanishi kamida bir oy davom etishi kutilmoqda. Klub rahbariyati o'yinchilarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslik uchun ularni maydonga tushirmaslikka va yozgi xalqaro turnirlargacha to'liq tiklashga qaror qildi. Asosiy tarkib o'yinchilarining yo'qligi chempionlik poygasida "Barselona"dan ortda qolayotgan Madrid klubi uchun jiddiy yo'qotish hisoblanadi.
"Real Madrid" klubi himoyachisi Eder Militao va yarim himoyachi Arda Guler 2025-2026 yilgi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, har ikki futbolchining son mushaklarida ikkinchi darajali yirtilish holati qayd etilgan. Bu holat jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa uchun mavsum yakunidagi hal qiluvchi bahslar oldidan jiddiy muammo tug'dirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Militao seshanba kuni "Alaves"ga qarshi o'yinda maydonni tark etishga majbur bo'lgan edi, Gulerning jarohati esa payshanba kungi mashg'ulotlarda ma'lum bo'ldi. Klub rasmiy bayonotida har ikki o'yinchining o'ng va chap oyoq son mushaklarida shikastlanish borligi tasdiqlangan. Tiklanish jarayoni kamida uch-to'rt hafta davom etishi kutilmoqda.

Klub tibbiy shtabi futbolchilarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslik uchun ularni reabilitatsiya qilishda ehtiyotkorlik choralarini ko'rmoqda. Yaqin haftalarda boshlanadigan Jahon chempionati sababli, "Real Madrid" rahbariyati o'yinchilarni mavsumning so'nggi ikki haftasiga qaytarish niyatida emas. Asosiy e'tibor braziliyalik himoyachi va turkiyalik pleymeykerni yozgi xalqaro turnirlarga to'liq tayyorlashga qaratilgan.
Hozirda Madrid klubi turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan to'qqiz ochko ortda qolmoqda. Militao va Gulerning yo'qligi chempionlik poygasida jamoaning imkoniyatlarini yanada pasaytirishi mumkin. Jamoa juma kuni tunda "Real Betis"ga qarshi safar o'yinida maydonga tushadi.































Izohlar 0
…