
Angliya Premyer-ligasining 15-turi doirasida "Brayton" va Londonning "Vest Xem" klublari oʻzaro durang oʻynadi – hisob 1:1. "Vest Xem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu oʻyinni muhokama qilib, jamoasi gʻalabani qoʻldan chiqarganini aytib oʻtdi va bundan juda norozi ekanini bildirdi.
"Ha, menimcha, gʻalabani boy berdik. Birinchi boʻlimda yaxshi oʻynadik, gol urdik va raqibga oʻz oʻyinini koʻrsatishga imkon bermadik.
Oʻyinni yopishimiz kerak edi, ammo uddalay olmadik. Bu ustida hali ishlashimiz kerak.
Juda hafamiz. Faqat men emas, balki futbolchilar ham," dedi Santu BBC Sportga bergan intervyusida.
Hozirda "Vest Xem" APL turnir jadvalida 18-oʻrinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.