
Shanba oqshomida Fransiya chempionatida PSJ va Renn jamoalari o‘zaro bellashdi. Luis Enrike boshchiligidagi PSJ jamoasi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ushbu mavsumda ilk bor maydonga tushdi. Mashhur L’Equipe gazetasi ushbu o‘yinda Saponovga 7 ball baho berdi.
PSJ tarkibidagi faqat bir futbolchi, Xvicha Kvaratsxeliya undan yuqori baho oldi. Sobiq Lokomotiv va Rubin o‘yinchisi bo‘lgan Kvaratsxeliya dubl qayd etib, 8 ballga loyiq ko‘rildi.
Hozirda PSJ Fransiya Liga 1 turnir jadvalida 33 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni 34 ochkoga ega bo‘lgan Lans egallab turibdi.
PSJ navbatdagi uchrashuvni 10 dekabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida Atletiko Madridga qarshi safarda o‘tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.