Shevchenko JCH-2026 qur'asiga munosabat bildirdi

Shevchenko JCH-2026 qur'asiga munosabat bildirdi
Kiyevning "Dinamo" va "Milan" jamoalarining sobiq hujumchisi, hozirda Ukraina Futbol Assotsiatsiyasi rahbari lavozimini egallab turgan Andrey Shevchenko Jahon chempionati-2026 final bosqichi qur'asi natijalari bo'yicha fikr bildirdi. "Bizning asosiy maqsadimiz - Jahon chempionatiga yoʻllanma olish.

Aynan shu oʻyinlarga jiddiy tayyorgarlik koʻrishimiz kerak. Guruhimizga kelsak, raqiblar juda kuchli, ammo birinchi navbatdagi vazifamiz - Jahon chempionatiga chiqishdir", - dedi UAF rahbari "Suspilne.Media"ga bergan intervyusida.

Agar Ukraina terma jamoasi Jahon chempionatiga yoʻllanma olsa, Tunis, Yaponiya va Niderlandiya milliy jamoalari bilan bir guruhda oʻynaydi. Turnir Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar