
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Umar Marmushning o‘yin vaqti kam bo‘layotgani haqida fikr bildirdi. So‘nggi vaqtlarda misrlik futbolchi asosan zaxiradan maydonga tushmoqda va o‘yinlarning oxirgi daqiqalarida ishtirok etmoqda.
“Umar – jamoamizdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Biroq men uni hujumchi pozitsiyasida ko‘ryapman, bu pozitsiyada esa Erling Xoland o‘ynayapti. Shuning uchun Marmush o‘ziga loyiq o‘yin vaqtini kamroq olmoqda,” – dedi Gvardiola intervyusida.
Umar Marmush bu mavsumda “shaharliklar” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushgan, biroq faqat to‘rt marta asosiy tarkibda o‘ynagan.
Yil boshida Angliya grandi klubi uni Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasidan 75 million yevroga sotib olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.