
Madridning "Real" jamoasi himoyachisi Eder Militao jarohat olib, safdan chiqdi. Klub dushanba kuni braziliyalik futbolchining jarohati toʻgʻrisida maʼlumot berdi, ammo uning qayta safga qaytish muddati haqida aniq maʼlumot bermadi.
Jurnalist Arancha Rodrigesning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga koʻra, 27 yoshli Militaoning toʻliq tiklanishi uchun taxminan toʻrt oy vaqt talab etiladi. Agar bu prognozlar toʻgʻri boʻlsa, "Real" jamoasi oʻzining muhim oʻyinchilaridan birini aprel oyigacha yoʻqotgan boʻladi.
Militao mavsum oxiriga yaqinroq safga qaytishi kutilmoqda. Ayni paytda "Real" Ispaniya La Ligasining turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Xabi Alonso jamoasi "Barselona"dan toʻrt ochko ortda qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.