date

Slot Salahning gaplariga javob berdi


“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Muhammad Salahning klubdagi holat haqida aytgan tanqidlari uning obroʻsiga putur yetkazmaganini taʼkidladi. Eslatib oʻtamiz, Salah Slotning murabbiylar shtabini tanqid qilgan edi.

Misrlik futbolchi ketma-ket uch uchrashuvni zaxirada boshladi va ulardan faqat birida maydonga tushirildi. Shundan soʻng, Salah Afrika Millatlar Kubogidan keyin klubni tark etish bilan tahdid qildi.

Slot esa uni Chempionlar Ligasida “Inter”ga qarshi oʻyinda jamoa tarkibiga kiritmadi. "Men Salahning gaplari tufayli obroʻimga putur yetdi deb hisoblamayman.

Bu mening shaxsiy obroʻim haqida emas, balki jamoa va klub uchun qiyin boʻlayotgani haqida. Xodimlarning, har kuni astoydil mehnat qilayotganlarning natijalariga bu qanday taʼsir qilayotganini koʻrish ogʻir", - dedi murabbiy Fabrisio Romano bilan suhbatda.

2025/2026-yilgi mavsumda Salah 19 oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. 33 yoshli hujumchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha moʻljallangan.

Uning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slot Salahning gaplariga javob berdi