date

Baroni: Magʻlubiyatga loyiq emas edik


Italiya chempionatining 14-tur yakuniy o‘yinida "Torino" yana magʻlubiyatga uchradi. Jamoa o‘z maydonida "Milan"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu "Torino" uchun ketma-ket uchinchi magʻlubiyat boʻldi. Jamoa bosh murabbiyi Marko Baroni uchrashuv haqida fikr bildirib, jamoaning magʻlubiyatga loyiq emasligini taʼkidladi.

"Magʻlubiyatga qaramay, bajarilgan ishni qadrlayman. Bu meni natija boʻlmasa-da tinchlantiradi.

Bizda koʻplab jarohatlar mavjud, "Yuventus" bilan oʻyindan soʻng toʻrt nafar futbolchini yo‘qotdik. Ammo "Milan"ga qarshi oʻyinimiz yaxshi oʻtdi, biz magʻlubiyatga loyiq emas edik", – dedi Baroni pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Hozirda "Torino" A Seriya turnir jadvalida 16-o‘rinda joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Baroni: Magʻlubiyatga loyiq emas edik