Ritchi: “Pulisich – katta oʻyinchi”

Amerikalik hujumchi Kristian Pulisich maydonga qaytishi bilan “Milan”ning “Torino”ga qarshi oʻyinida ikki gol urdi. Uning oʻyinidan “rossoneri” yarim himoyachisi Samuele Ritchi hayratda.
Ritchi kichik jarohat va isitma sabab oʻyinda ishtirok etishi soʻroq ostida boʻlgan Pulisichning qaytganidan xursand ekanini bildirdi. “U – katta oʻyinchi.
Har doim jamoa uchun bor kuchini beradi. U qaytib kelib, dubli bilan farq yaratdi.
Mening olqishlarim unga,” – dedi Ritchi pianetamilan.it nashriga. Italiya chempionatining navbatdagi turida “Milan” 14-dekabr kuni oʻz uyida “Sassuolo”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing