
Angliya chempionatining 15-tur soʻnggi oʻyinida "Vulverhempton" oʻz uyida "Manchester Yunayted"ga yirik hisobda magʻlub boʻldi. "Boʻrilar" bosh murabbiyi Rob Edvards oʻyindan keyin natijalar haqida fikr bildirdi.
U jamoasi raqibga uchta golni hadya qilganini taʼkidladi. "Sifatdagi farqni hisobga olgan holda ham, biz ularga uchta golni sovgʻa qildik.
Tanaffusga chiqish oldidan hammasi yaxshi edi, oʻyinda muvozanatni tiklab, hisobni tenglashtirdik va ijobiy energiyaga toʻla edik. Ammo keyin oʻzimiz ularga uchta golni hadya qildik.
Baʼzan maydonda mening futbolchilarim emas, goʻyo bolalar oʻynayotgandek tuyuldi. Bunday darajada buni kechirish mumkin emas", – dedi Edvards BBC Sportga bergan intervyusida.
"Vulverhempton" APL turnir jadvalining oxirgi pogʻonasida qolmoqda va jamoa hisobida bor-yoʻgʻi ikki ochko mavjud.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.