date

Realda inqiroz: Xabi Alonsoning taqdiri xavf ostida

Realda inqiroz: Xabi Alonsoning taqdiri xavf ostida
Yakshanba kuni "Real" o'z maydonida "Selta"ga qarshi bahsda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu natija tufayli Madrid klubi yetakchi "Barselona"dan 4 ochkoga ortda qoldi.

Marca xabariga ko'ra, o'yindan so'ng "Real" prezidenti Florentino Peres va klub maslahatchilari kechga qadar davom etgan inqiroz yigilishida ishtirok etishdi. Muhokamada jamoaning murakkab sport holati alohida e'tiborga olingan.

Klubda murabbiy Xabi Alonso va futbolchilar o'rtasidagi tushunmovchiliklar jiddiy xavotir uyg'otmoqda. Klub rahbariyatiga ko'ra, "Manchester Siti"ga qarshi o'yin "Real" va murabbiy uchun so'nggi sinov bo'ladi.

Ushbu bellashuv natijasi va o'yin sifati Xabi Alonsoning kelajagini belgilaydi. "Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi bahs 10-dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Realda inqiroz: Xabi Alonsoning taqdiri xavf ostida