
Myunxenning "Bavariya" klubi "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Geyini yevropaning yetakchi klublari qoʻlidan tortib olishga harakat qilmoqda. TZ manbasiga koʻra, hujumchi Harri Keyn agent rolini oʻz zimmasiga olgan va Geyini "Bavariya"ni tanlashga undamoqda.
U "Liverpul", "Real", "Barselona" kabi klublar oʻrniga Germaniyani va ayniqsa "Bavariya"ni tanlashning afzalliklari haqida soʻzlamoqda. "Bavariya" rahbariyati Keyndan Geyiga Germaniyada futbol oʻynashning qulayliklari va ayniqsa Chempionlar ligasidagi ulkan imkoniyatlar haqida maʼlumot berishini soʻragan.
Shuningdek, Mark Geyi "Kristal Pelas" bilan 2024-yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortganini eslatib oʻtamiz. 25 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 23 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.