date

Liverpul Salohga o'rinbosar topdi

Liverpul Salohga o'rinbosar topdi
Bundesliganing "RB Leyptsig" jamoasida to'p surayotgan Kot-d'Ivuar vakili Yan Diomande qishki transfer oynasida Angliyaga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 19 yoshli futbolchi "Liverpul"ning qiziqish doirasiga tushgan. Diomande misrlik yulduz hujumchi Muhammad Salohning o'rnini egallashi mumkin.

Saloh va jamoa bosh murabbiyi Arne Slot o'rtasidagi kelishmovchilik sabab, hujumchi "Liverpul"ni tark etishga yaqin turibdi. Diomande joriy mavsumda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yoshlik iqtidorining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul Salohga o'rinbosar topdi