
Transfermarkt saytida Angliya Premer-ligasida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer qiymatlari yangilandi. Oldingi xabarlarda aytib o‘tganimizdek, APLning eng ko‘p qimmatlashgan futbolchilari Erling Holand va Estevao bo‘ldi.
Biroq baholash natijalariga ko‘ra, eng ko‘p arzonlashgan futbolchilar ro‘yxatida “Liverpul”ning yozgi ikki yangi o‘yinchisi Aleksandr Isak va Florian Virts yetakchilik qilmoqda. Shvetsiyalik va nemis futbolchilarining qiymati 20 million yevroga pasaydi.
Endilikda Isakning qiymati 120 million yevro, Virtsniki esa 110 million yevro qilib baholanyapti. APLning keyingi eng ko‘p arzonlashgan futbolchilari ro‘yxatida Aleksis Mak Allister, Rodri hamda Muhammad Saloh uchinchi o‘rinni bo‘lishmoqda.
Ularning yangi transfer qiymatlari mos ravishda 85, 75 va 30 million yevroni tashkil etmoqda. Har bir futbolchining qiymati 15 million yevroga pasaygan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.