Kassano Milan jamoasini maqtadi

Kassano Milan jamoasini maqtadi
Italiyaning "Milan" klubi Turinda mahalliy "Torino" jamoasiga qarshi o'yinda irodali g'alaba qozondi. Bu muvaffaqiyat odatda tanqid qilishdan toymaydigan Antonio Kassano tomonidan ham yuqori baholandi.

"Milan bu g'alabaga haqli edi. Bunday o'yinlar jamoaga ishonch va kuch bagʻishlaydi.

"Torino" hisobda ustunlikka erishgach, futbolga zid uslubni tanladi. Men esa har doim bunday uslubdagi jamoalarga qarshi bo'lganman", – dedi Kassano pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alaba "Milan"ni turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytarishga yordam berdi. Keyingi turda jamoa "Sassuolo"ga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar