date

Milan va Komo o‘yini Avstraliyada o‘tkazilmasligi mumkin


Fevral oyida Milanda Qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Shu sababli Milan va Interning stadionlari bir necha kun davomida band bo‘ladi.

Bu holat futbolchilarning vaqtinchalik boshqa joyda o‘ynashiga sabab bo‘lmoqda. Inter o‘zining bir o‘yinini Montsada o‘tkazishga qaror qilgan bo‘lsa, Milan esa Komo bilan Avstraliyaning Pert shahrida o‘ynashni rejalashtirmoqda.

Ushbu shaharda ko‘plab italiyaliklar, jumladan, Formulasi-1 poygachisi Daniel Rikkyardo yashaydi va Milanning katta muxlislar bazasi mavjud. Bundan tashqari, bu qaror A seriyasining ommalashuvi uchun ham foydali bo‘ladi.

Biroq, hozirda ushbu o‘yinning Avstraliyada o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar yuzaga keldi. Mahalliy reglamentga ko‘ra, futbol o‘yinlarini faqat avstraliyalik hakamlar boshqarishi mumkin.

Bu esa A seriyasi reglamentiga zid keladi va birgina o‘yin uchun ushbu qoidalarni o‘zgartirish ehtimoli juda past.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan va Komo o‘yini Avstraliyada o‘tkazilmasligi mumkin