date

Arne Slot Salahning o‘yinini izohladi


“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot misrlik hujumchi Muhammad Salahning Chempionlar ligasi doirasida “Inter”ga qarshi o‘yin uchun tarkibga kiritilmagani haqida fikr bildirdi. “Qizillar” Misr vakilisiz “San-Siro” stadionida minimal hisobda g‘alaba qozonishdi.

33 yoshli hujumchi o‘tgan o‘yinda “Lids”ga qarshi durangdan keyin shov-shuvli intervyu bergan edi. Shu sabab u Italiyaga jamoa bilan birga bormadi.

“Hamma uchun, jumladan, Salah uchun ham, “Lids”ga qarshi o‘yin oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazishdan keyin juda og‘ir bo‘ldi. Salah bu o‘yinda qatnashmadi, lekin bu holat unga ham yoqimli emas edi.

Men yaxshi bilaman, juma kungi matbuot anjumanida barcha savollar Mo (Muhammad Salah) haqida bo‘ladi. Hamma xatolarga yo‘l qo‘yadi.

Masala shundaki, o‘yinchining o‘zi bu xatoni tan oladimi yoki yo‘q”, – deydi Slot jurnalistlar bilan suhbatda. Shanba kuni “Liverpul” Premer-liga doirasida o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Salahning o‘yinini izohladi