date

Barselona to‘rtinchi marta ketma-ket kambek qildi


Barselona jamoasi navbatdagi irodali g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu safar kataloniyaliklar Chempionlar ligasi doirasida Ayntarxtni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

O‘yinda dastlab mehmonlar 21-daqiqada hisobni ochishdi, biroq Barselona Jule Kunde tomonidan 50 va 53-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga uch ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Barca Universal ma’lumotlariga ko‘ra, bu Barselona tarixida ilk marta ketma-ket to‘rtta o‘yinda birinchi golni o‘tkazib yuborib, so‘ngra g‘alaba qozongan seriya bo‘ldi.

Mazkur seriya o‘tgan oyning oxirida Alavesga qarshi o‘yinda 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshlandi. Keyin esa Madridning Atletiko jamoasi ham xuddi shunday hisobda mag‘lub etildi.

Keyinchalik Betis ustidan 5:3 hisobida g‘alaba qozonildi. Shu shanba kuni Hans-Diter Flik jamoasi o‘z maydonida Osasunani qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona to‘rtinchi marta ketma-ket kambek qildi