date

Kerimov: O‘zbekiston JCH-2026da "qo‘rqmas o‘yin" ko‘rsatishi shart

Kerimov: O‘zbekiston JCH-2026da "qo‘rqmas o‘yin" ko‘rsatishi shart

2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olgan barcha terma jamoalar qatorida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham tarixiy birinchi mundialga jiddiy va puxta tayyorgarlikni boshlab yuborgan. FIFA tomonidan qur’a tashlash marosimi o‘tkazilganidan so‘ng, mutaxassislar va sharhlovchilar yurtimiz jamoasining imkoniyatlarini faol tahlil qilmoqda.

AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan yirik musobaqada debyut qiladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhidan joy oldi. Bu yerda raqiblar jiddiy: Portugaliya va Kolumbiya – jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, haqiqiy grandlar qatoriga kiradigan jamoalar. Uchinchi raqib esa pley-off bosqichidan keyin — Yamayka, Yangi Kaledoniya yoki Kongo Demokratik Respublikasidan biri sifatida aniqlanadi.

Rossiyaning Okko servisi sharhlovchisi Elvin Kerimov qur’a natijalarini o‘rgangan holda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston uchun guruh oson emas, ammo bu futbolchilar uchun o‘ziga xos sinov va kuchli motivatsiya manbaidir.

— Portugaliya va Kolumbiya — top-darajadagi jamoalar. Pley-offdan keladigan raqib avvalgilarga qaraganda nisbatan yengilroq ko‘rinishi mumkin, lekin baribir guruh og‘ir. Shunday bo‘lsa-da, asosiysi — mundialdan zavq olish, o‘zini jahonga namoyish etish va o‘z uslubidan chekinmaslikdir, — deydi Kerimov.

Shu bilan birga, u jamoadagi motivatsiya va ishtiyoq yuqoriligini alohida ta’kidladi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro uchun ham bu — birinchi yirik turnirdir.

— O‘zbekiston munosib o‘yin ko‘rsata oladi. Eng muhim narsa — raqiblardan qo‘rqmaslik, maydonda ishonch bilan harakat qilish va o‘z uslubini yo‘qotmaslik. Qisqa formatdagi bunday nufuzli musobaqalarda aynan shu omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega, — deya qo‘shimcha qildi sharhlovchi.

O‘zbekiston debyuti qachon?

Mundialdagi birinchi o‘yin 18-iyun kuni Meksikada bo‘lib o‘tadi — raqib Kolumbiya. Ushbu uchrashuv nafaqat guruh taqdirini, balki o‘yin kayfiyatini ham belgilab berishi mumkin.

23-iyun kuni esa milliy jamoamizni yanada katta qiziqish bilan kutilayotgan bahs — Portugaliyaga qarshi to‘qnashuv kutmoqda. Guruhdagi so‘nggi bellashuv 27-iyunda pley-offdan o‘tgan raqibga qarshi AQSHda o‘tkaziladi.

Mundialga yo‘l olgan O‘zbekiston uchun bu tarixiy imkoniyat. Muxlislar esa jamoaning irodasi, xarakteri va jahon sahnasidagi birinchi qadami qanday kechishini hayajon bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kerimov: O‘zbekiston JCH-2026da "qo‘rqmas o‘yin" ko‘rsatishi shart