
Barselona futbolchisi Pedri o‘z jamoadoshi Ronald Arauxoning ruhiy qiyinchiliklarga duch kelganini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu holat Chelsi bilan bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi uchrashuvida Arauxo qizil kartochka olganidan keyin sodir bo‘lgan.
Pedri, jamoa Arauxoni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va uning qaytishini intizorlik bilan kutayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir futbolchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, ammo muhim tomoni shundaki, bunday holatlarda o‘yinchi jamoadan va stadiondan tashqarida ham yelkadosh bo‘lishini his qilishi kerak.
"Bu oson vaziyat emas. Men unga har tomonlama yordam berishni istayman.
Bu haqda biz shaxsan gaplashdik. U bizning oilamizning bir qismi, biz uni juda yaxshi ko‘ramiz.
Men uchun u aka singari yaqin kishidir. Uni juda qadrlayman va imkon qadar tezroq maydonga qaytishini umid qilaman", dedi Pedri Mundo Deportivo nashriga.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Arauxo bir necha bor xavotirlanish holatlarini boshidan kechirgan va klubdan tiklanish uchun vaqt so‘ragan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.