date

Napoli Kobi Maynu bilan qiziqayotganini tasdiqladi


Napoli sport direktori Jovanni Manna Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobi Maynu bilan bog‘liq transfer mish-mishlariga munosabat bildirdi. 20 yoshli angliyalik futbolchi hozirda "qizil iblislar"ning asosiy tarkibiga kira olmayapti va shu sababli qishki transfer oynasida ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Yosh va istiqbolli futbolchining asosiy da’vogarlaridan biri aynan Napoli hisoblanmoqda. Jovanni Manna bu borada shunday dedi: "Maynu bizning klubimiz bilan yozdan beri bog‘lanib kelmoqda, bu asosan uning yoshi va salohiyati bilan bog‘liq.

Hozir tarkibimizda ko‘plab jarohatlangan futbolchilar bor, ammo ular ertami-kechmi safga qaytib, formalarini tiklaydilar. Biz har bir qarorni yaxshilab o‘ylab chiqishimiz kerak.

Vaziyat qanday rivojlanishini kuzatamiz." Transfermarkt portali Kobi Maynuning narxini 40 million yevro deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli Kobi Maynu bilan qiziqayotganini tasdiqladi