date

Torino sport direktori Davide Vanyati iste’foga chiqarildi

Torino sport direktori Davide Vanyati iste’foga chiqarildi
Italiya chempionatining so‘nggi turida "Milan"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan "Torino" klubi sport direktori Davide Vanyati bilan xayrlashdi. Bu qaror bosh murabbiyga emas, aynan sport direktori lavozimiga ta’sir ko‘rsatdi.

Chorshanba kuni klub Davide Vanyati bilan hamkorlikni yakunlaganini rasman e’lon qildi. Uning o‘rniga "Torino" rahbariyati Gianluka Petrakini qaytardi.

U avvalroq bu lavozimda to‘qqiz yil ishlagan edi. So‘nggi paytlarda Gianluka Petraki "Salernitana" klubida faoliyat olib borgan, ammo u yerda jamoani A Seriyada mustahkamlashga muvaffaq bo‘lmadi.

"Torino" klubi matbuot xizmati orqali yangi-yangi maqsadlar sari harakat qilishlarini va Gianluka Petraki bilan birgalikda Yevropa musobaqalari zonasiga chiqishni ko‘zlayotganliklarini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Torino sport direktori Davide Vanyati iste’foga chiqarildi