date

“Yuventus” ishonchli g‘alaba bilan pley-offga yaqinlashdi (video)

“Yuventus” ishonchli g‘alaba bilan pley-offga yaqinlashdi (video)

Yevropa Chempionlar ligasida 6-tur bahslari nihoyasiga yetdi va muxlislar yana bir marotaba hayajon, kutilmagan burilishlar hamda aniq intrigaga to‘la kechani tomosha qilishdi.

Turinda o‘tgan bahsda Italiya giganti kiprlik “Pafos”ni 2:0 hisobida yengdi. Makkenni va Devidning aniq zarbalari “Yuve”ni raqibdan ustun qo‘ydi. Jamoa himoyada ham mustahkam va intizomli o‘yin ko‘rsatdi.

Yuventus — Pafos 2:0

Gollar: Makkenni 67, Devid 73

Yuventus – Di Gregorio, Kalulu, Kelli, Kopmeyners, Lokatelli (Openda, 60), Miretti (Tyuram, 74), Kambyazo, Makkenni, Jegrova (Konseysau, 46), Yildiz (Kabal, 84), Devid (Adzich, 74).

Pafos –Mixail, David Luiz, Lyukkassen, Goldar (Pileas, 78), Brunu, Shunich, Pepe, Orshich (Jaja, 78), Korreyra (Langa, 89), Dragomir, Anderson Silva (Kina, 62).

Ogohlantirishlar: Lokatelli 55 - Shunich 45.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” ishonchli g‘alaba bilan pley-offga yaqinlashdi (video)