date

Xvicha Kvaratsxeliya: PSJni durang qoniqtirmaydi

Xvicha Kvaratsxeliya: PSJni durang qoniqtirmaydi
PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi doirasida "Atletik Bilbao" bilan o‘yin (0:0) natijasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Parijliklar raqib darvozasiga 17 ta zarba yo‘llashdi, ulardan 8 tasi aniq bo‘ldi.

Ammo "Atletik" darvozaboni Unay Simon o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Biz PSJmiz, turnirning amaldagi g‘olibimiz va har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz.

Hatto mehmon o‘yinlarida ham durang bizni qoniqtirmaydi. Agar biz g‘alaba qozonmagan bo‘lsak, demak vazifa bajarilmagan.

O‘yin qiyin kechishini bilgan edik. Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan har bir jamoa kuchli.

Biz ko‘plab imkoniyatlarni golga aylantira olmadik, keyingi safar yaxshiroq o‘ynashimiz kerak", – dedi Kvaratsxeliya UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida. Keyingi turda Luis Enrike jamoasi Lissabonda "Sporting"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xvicha Kvaratsxeliya: PSJni durang qoniqtirmaydi