
Joriy yilning 5–12-dekabr kunlari JARning Keyptaun shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 660 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu turnirda dunyoning yetakchi shaxmatchilari aylanma va nokaut tizimida o‘zaro kuch sinashdi. Turnirda 8 nafar grossmeyster ishtirok etdi, ular orasida Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Vinsent Keymer va Javohir Sindarov ham bor edi.
Shuningdek, bu turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov ishtirok etishini davom ettirdi va dunyoning 4-raqamli shaxmatchisi Vinsent Keymerga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib bordi. Afsuski, Javohir ikkita bahsda ham mag‘lub bo‘ldi.
Biroq, turnirda o‘ziga munosib joyni topgan Sindarov 4-o‘rinni egalladi va 60 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.

Turnirda g‘olib bo‘lgan Levon Aronyan 200 ming AQSH dollari, 2-o‘rinni egallagan Magnus Karlsen 120 ming AQSH dollari, 3-o‘ringa ega bo‘lgan Vinsent Keymer esa 80 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.