
Italiyaning A Seriyasida «Kremoneze» hujumchisi Jeymi Vardi noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu mukofot ommaviy ovoz berish natijasida taqdim etilgan.
Qiziq jihati shundaki, 38 yoshli ingliz futbolchisi noyabr oyida uchta o‘yinda maydonga tushib, atigi bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Jeymi Vardi Italiyaga 2025 yil yozida transfer qilinib, «Kremoneze» tarkibiga qo‘shilgan edi.
Ovoz berishda Vardi «Milan» darvozaboni Mayk Menyan, «Inter» hujumchisi Lautaro Martines, shuningdek, «Udineze» o‘yinchisi Nikolo Dzanyolo, «Jenoa» a’zosi Leo Estigora va «Napoli» vakili David Neres kabi futbolchilarni ortda qoldirdi. Joriy mavsumda Vardi Italiya A Seriyasida jami 10 uchrashuvda qatnashib, to‘rt marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.