
SSSR terma jamoasi va Moskvaning "Spartak" klubi sobiq futbolchisi Anzor Kavazashvili 2026 yilgi Jahon chempionati favoritini ma’lum qildi. "Bolaligimdan Braziliyaga muxlislik qilaman.
Shuningdek, Ispaniya terma jamoasini chempionlar yoki sovrindorlar qatorida ko‘rishni xohlayman. So‘nggi yillarda Fransiyaning o‘yinlari menga yoqdi, ammo o‘tgan Jahon chempionatidan keyin biroz hafsalam pir bo‘ldi.
Braziliya futbolida har yili munosib yetakchilar yetishib chiqayotgani — 100 foiz. Shuning uchun Braziliyani favorit sifatida ko‘rsataman", — deydi Kavazashvili "Match TV" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi Qatar-2022 Jahon chempionatining chorak finalida Xorvatiya terma jamoasiga yutqazib, musobaqani tark etgan edi. Rossiya-2018 Jahon chempionatida ham "pentakampeonlar" chorak final bosqichidan nariga o‘ta olmagan.
Braziliya terma jamoasi so‘nggi marta 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.