date

Manchester Yunayted Adam Uorton uchun 100 mln sarflashi mumkin


Manchester Yunayted jamoasi Kristal Pelas klubining 21 yoshli yarim himoyachisi Adam Uortonni o‘zining asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Transfer News Live nashrining Fichajes ma’lumotiga asoslanib xabar berishicha, mankunianliklar bu futbolchini yanvar oyida sotib olish uchun 100 million yevro ajratishga tayyor.

Adam Uortonga boshqa yirik klublar, jumladan, Liverpul, Manchester Siti, Chelsi va Madridning Real klubi ham qiziqish bildirishgan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, yosh iqtidorli futbolchining bozor qiymati 60 million yevroga baholangan.

Yarim himoyachining hozirgi shartnomasi Kristal Pelas bilan 2029 yilning o‘rtasigacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Adam Uorton uchun 100 mln sarflashi mumkin