
Xabi Alonsoning iste’fosi haqidagi masala Madridning "Real" klubi "Manchester Siti"ga yutqazganidan so‘ng Ispaniya futbolida asosiy mavzulardan biriga aylandi. Chempionlar ligasi doirasida chorshanba kuni o‘tkazilgan o‘yinda "Real" o‘z maydonida 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yin yakunidan so‘ng jurnalistlar "Santyago Bernabeu" stadionini tark etayotgan muxlislardan jamoa bosh murabbiyi kelajagi haqida fikrlarini so‘rashdi. Muxlislardan biri Diario AS nashriga shunday dedi: "Klub sabrli bo‘lishi kerak va Xabiga vaqt berishi lozim.
O‘rniga kimni qo‘yishadi? Hozirda bu ish uchun eng mos inson Xabi Alonso.
Biz yangi "Manchester Yunayted"ga aylanmasligimiz kerak." Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimiga olti oydan ko‘proq vaqt oldin tayinlangan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.