
Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Yulian Brant UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi turida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasiga qarshi kechgan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
«Men juda xafa bo‘ldim. Jamoamiz muhim ikki ochkoni boy berdi.
Imkoniyatlarimizdan foydalanmaganimizdan norozi bo‘ldim. «Borussiya» albatta g‘alaba qozonishi kerak edi», – dedi futbolchi UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi olti turdan keyin Nikko Kovach boshchiligidagi dortmundliklar 11 ochko to‘pladi. «Borussiya» turnir jadvalida 10-o‘rinda joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.