date

Milan Mauro Ikardini qaytarishni rejalashtirmoqda


Milan klubi sobiq Inter hujumchisi Mauro Ikardini o‘z tarkibiga qaytarishni rejalashtirmoqda. Hozirda Istanbulning Galatasaroy jamoasida o‘ynayotgan argentinalik futbolchi yana Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

Bu haqida jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Insayderning ma’lumotiga ko‘ra, Milan klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Ikardining xizmatlariga qiziqish bildirgan.

Ayniqsa, jamoaning hozirgi hujumchisi Santiyaqo Ximenes kutilgan natijalarni bera olmayotgani bunga sabab bo‘lgan. Ximenes joriy mavsumda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, birorta ham gol ura olmagan.

32 yoshli Ikardi esa Turkiya Superligasi joriy mavsumida 14 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich Milan klubining transferga bo‘lgan qiziqishini oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan Mauro Ikardini qaytarishni rejalashtirmoqda