
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Maykl Olise transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Kicker nashri xabariga ko‘ra, bir nechta Angliya Premer-ligasi (APL) klublari fransuz vingeri uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilishga tayyor.
Shuningdek, Olise uchun kurashga "PSJ" va ismi oshkor etilmagan bir ispan klubi ham qo‘shilishi mumkin. 24 yoshli futbolchi o‘tgan yil yozida "Kristal Pelas" klubidan "Bavariya" safiga kelib qo‘shilgan edi.
U bilan tuzilgan shartnoma 2029-yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining transfer narxi 130 million yevro deb baholanmoqda. Joriy mavsumda Olise Germaniya Bundesligasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.